Asosiy tarkibga o‘tish

Savol-javob

Taklifnoma yaratish qancha vaqt oladi?

Odatda 5–10 daqiqa. Tadbir turini va shablonni tanlaysiz, ismlar, sana va manzilni kiritasiz — link tayyor.

Mehmonlar ilova o‘rnatishi kerakmi?

Yo‘q. Taklifnoma oddiy link orqali istalgan telefonda brauzerda ochiladi.

Taklifnomani keyin o‘zgartirsam bo‘ladimi?

Ha. Link o‘zgarmaydi — mehmonlar doim eng so‘nggi versiyani ko‘radi. QR kod ham o‘sha linkka olib boradi.

Kim kelishini qanday bilaman?

Mehmonlar taklifnomadagi RSVP tugmasi orqali javob beradi. Javoblar va kishilar soni dashboardda ko‘rinadi.

Taklifnomani begonalar topib olmaydimi?

Yopiq taklifnoma linkida maxfiy kalit bor va u qidiruv tizimlarida ko‘rsatilmaydi. Faqat link olganlar ochadi.

Musiqa avtomatik chaladimi?

Brauzerlar ovozni avtomatik yoqishga ruxsat bermaydi. Musiqa mehmon taklifnomani ochish tugmasini bosgach boshlanadi.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Tez orada Payme, Click va Uzum Bank orqali to‘lash mumkin bo‘ladi. Hozircha bepul tarifdan foydalanishingiz mumkin.

Javob topilmadimi? Telegram orqali yozing.